Saudiya Arabistonida ayollarning mototsikl va yuk mashinalari haydashiga ruxsat beriladi. Bu haqda mamlakat Yo‘l harakati boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Al Arabia’ning qayd etishicha, saudiyalik ayollar 2018-yil iyunidan boshlab ham yengil avtomobillarni, ham mototsikl va yuk mashinalarini haydash huquqiga ega bo‘ladi.
Saudiya rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, rulida ayollar bo‘lgan avtomobil va mototsikllar alohida peshlavhalar yoki boshqa turdagi davlat raqam belgilari bilan ajratilmaydi.
Izoh (0)