Rossiya va Turkiya prezidentlari AQShning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish qaroridan tashvish bildirdi. Bu haqda Kreml Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning telefon orqali muloqoti yakuni bo‘yicha ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Tomonlar bunday qaror Yaqin Sharqda keskinlikni bartaraf etish istiqbollarini puchga chiqarishini ta’kidladi. Prezidentlar Falastin va Isroil o‘rtasida muzokaralar tiklanishi uchun harakat qilishga kelishib oldi.
Erdo‘g‘on 13-dekabr kuni Istanbulda Islom hamkorligi tashkilotining favqulodda sammiti bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Turkiya poytaxtida 7-dekabr, payshanba kuni kechki payt AQSh elchixonasi oldida yuzlab kishi to‘plandi. Anqaradagi norozilik aksiyasi bir necha soat davom etdi.
Izoh (0)