Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi, ochilish kuni u 2018-yilda to‘rtinchi muddat uchun o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qilgan kunga to‘g‘ri keldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ko‘rgazmaga “zamonaviy san’at janrida ijod qiladigan 30 nafar eng yaxshi rossiyalik rassomlar” asarlari qo‘yildi. Mualliflar Putinni superqahramon sifatida ifodalab, “davlat yetakchisining milliy ma’naviyat bilan ko‘p asrlik ruhiy bog‘liqligi”ni bahodirlar va pahlavonlar orqali tasvirlagan. Muzey xabarida aytilishicha, kartinalar yaratuvchilari “dunyoga Vladimir Putinning o‘ziga xos mashhurligini ko‘rsatishni istagan”.
Kartina va haykallarda prezident va prezidentlikka nomzod qo‘lida qoplon va kuchukcha tutib turgan, ayiq mingan holatda va allaqanday “putinblaster” bilan birga tasvirlangan.
Izoh (0)