Komi Respublikasida butun Rossiya bo‘ylab o‘tkazilgan “Yil oilasi” tanlovi g‘olibasi Larisa Shchukina uchun tashkilotchilar Moskvaga chipta olib berolmadi. Kompensatsiya tartibida to‘qqiz farzandni tarbiyalayotgan er-xotinga g‘oliblik diplomi va metall termos topshirishdi, deb yozadi “MK.ru”.
Shu bilan birga, oilaning o‘zi hech qanday tanlovda qatnashish uchun da’vogarlik qilmagan — bu Sosnogorsk qishlog‘i ma’muriyatidagi mahalliy mansabdorlar tashabbusi bo‘lgan. May oyida er-xotin respublika tanlovida “Ko‘p bolali oila” nominatsiyasida g‘olib bo‘lganidan xabar topgan va respublika rahbaridan 100 ming rubl mukofot olgan. Ularga endi tanlovning butunrossiya bosqichida Komi nomidan qatnashishlarini aytishgan, ammo jo‘nab ketish sanasini kelishish vaqti kelganida, safar uchun pul yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.
Oxir-oqibat Shchukinlarni Siktivkarga taklif qilib, u yerda tantanali tarzda bir litrlik metall termosni topshirishgan.
Ko‘ngilsiz voqea “suv yuziga qalqib chiqqach”, er-xotindan kechirim so‘rashgan va ularga sanatoriyga sertifikat taklif qilishgan. Sanatoriyga borish sanalari qat’iy belgilab qo‘yilgani uchun, er-xotin undan ham voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)