Finlyandiyaning nomi oshkor etilmagan ikki fuqarosi milliy lotereyada rekord miqdordagi jekpotni yutib oldi. Bu haqda lotereya tashkilotchisi — Veikkaus davlat kompaniyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti” .
“Finlyandiya uchun jekpotning rekord summasi — 14,4 million yevroni ikki kishi o‘zaro bo‘lishib oladi. 3, 4, 17, 28, 31, 37, 39 yutuqli raqamlar bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Milliy lotereyadagi oldingi rekord yutuq yozda qayd etilgan, o‘shanda 14,2 million yevro 50 nafar g‘olib o‘rtasida taqsimlangandi.
Izoh (0)