Buyuk Britaniyaning Edinburg shahri politsiyasi ikki ofitser ishtirokida rolik taqdim etdi. Videoda ular bolalar poyezdida sayr qilayotgani, ko‘zoynak taqqan holda posada turgani aks etgan. TJournal mazkur videoga e’tibor qaratdi.
Introducing Bruceo! Our #OpWinterCity social media campaign starts Friday. Follow our facebook
— Police Scotland Edinburgh (@PSOSEdinburgh) November 29, 2017
@EdinburghPoliceDivision & twitter @EdinburghPolice to like, share & discover
all things #Bruceo!We promise more photos, videos & safety advice along the way! @fire_scot @EssentialEdin pic.twitter.com/s4QYmQQm5B
Twitter foydalanuvchilari rolikni tanqid qilgan. Ular Yevropadagi IShIDning faol harakatini eslatib, bu vaqtda politsiyachilar itlarni kiyik shoxlari bilan suratga olayotganini ta’kidlagan va rolik nima haqida ekanligi tuhunarsizligini aytgan.
Xabar berilishicha, politsiya idorasi ham rolikdan norozi bo‘lgan. Idora vakilining ta’kidlashicha, ularning vazifasi jinoyatchilik bilan kurashish, ahmoqona video tayyorlash va Facebook yoki Twitter’ga rasm joylash emas. Uning qayd etishicha, odamlarning tanqid qilishi ajablanarli emas.
Politsiya rolikni tayyorlash uchun qancha vaqt va mablag‘ sarflanganini bilmasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)