Ostonada Yo‘l xaritasi imzolanganidan so‘ng, Qozog‘iston chegarachilari Qirg‘iziston bilan chegarani qo‘riqlashning odatiy variantiga o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Yo‘l xaritasi imzolanishi yakunlari bo‘yicha tomonlar joriy yil 3-dekabrdan boshlab Qozog‘iston chegara xizmati ikki davlat chegarasining barcha o‘tkazish punktlarida qo‘riqlashning kuchaytirilgan ko‘rinishidan odatiy variantiga o‘tishi to‘g‘risida kelishib oldi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2-dekabr, shanba kuni Ostonada Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari To‘lqinbek Abdigulov ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha Yo‘l xaritasini imzolagan edi.
Izoh (0)