Oq uy xodimlari binoni suvarak va sichqonlar bosib ketganligidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda Umumiy xizmatlar ma’muriyati (GSA) hujjatlarida so‘z boradi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
So‘nggi ikki yil ichida GSA xodimlariga AQSh prezidenti ma’muriyatining binosi sichqonlar, suvaraklar va chumolilarga to‘lib ketgani borasida bir necha bor shikoyat kelib tushgan.
2017-yilda Oq uy xodimlari binodagi mebellarni almashtirish va markaziy istish tizimini ta’mirlash bo‘yicha bir necha bor so‘rov bergan.
Izoh (0)