Yaman Umumxalq kongressi bo‘linmalari Sana xalqaro aeroportini to‘liq nazorat qilmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Al Hadath telekanaliga ko‘ra, mamlakat sobiq prezidenti Ali Abdulla Salohni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar havo bandargohi hududidan isyonchi-xusiylarni siqib chiqargan.
Biroq mazkur axborot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.
Avvalroq telekanal kongress bo‘linmalari davlat televideniyesi va agentligi binolarini ham o‘z nazoratiga olgani haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)