Qachonlardir taxtga yetakchi da’vogar deb hisoblanilgan saudiyalik shahzoda Miteb bin Abdulla hukumat bilan “maqbul bitim”ga erishib, unga muvofiq 1 milliard dollardan ortiq pul to‘laganidan so‘ng hibsdan ozod etildi, deb yozadi “Life.ru”.
Sara milliy gvardiya rahbari bo‘lgan Miteb hibsga olingan o‘nlab qirollik oilasi a’zolari, vazirlar hamda sobiq va joriy amaldorlar orasida edi.
“Mablag‘ summasi oshkor etilmadi, ammo u bir milliard dollardan ziyod deb hisoblanilmoqda”, — dedi mansabdorlardan biri.
Reuters taxmin qilishicha, korrupsiyaviy ishlarga aralashganlikda gumon qilinayotgan kamida yana uch kishi ham ozod etiladi. Ularning shaxsi ma’lum qilinganicha yo‘q.
Izoh (0)