Avstraliyaning Viktoriya shtati parlamenti ixtiyoriy evtanaziyani qonuniylashtirish haqidagi qonun loyihasini tasdiqladi, deb yozadi “RBK”.
Qonun Buyuk Britaniya qirolichasidan rozilik olish uchun general-gubernatorga yuboriladi. U 2019-yil iyunida kuchga kirishi kerak, Avstraliyaning aholi soni bo‘yicha ikkinchi shtati — Viktoriya esa evtanaziya qonuniylashtirilgan birinchi shtatga aylanadi.
Qonunga muvofiq, shifokorlar bir yildan kam umri qolgan bedavo kasallikka chalingan voyaga yetgan odamlar uchun evtanaziya jarayonini o‘tkaza oladi.
Izoh (0)