O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya 2017-yilning 29—30-noyabr kunlari Rossiyada bo‘ladi, deb xabar berdi UzDaily.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif chog‘ida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlarning bosh prokurorlari ishtirokidagi 15-majlisda hamda MDH davlatlari bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 27-majlisida ishtirok etadi.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburg Xalqaro prokurorlar uyushmasining mintaqaviy vakolatxonasining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda.
Izoh (0)