Qozog‘istonga chegara orqali 3,5 ming donadan ortiq ondatra terisini olib o‘tishga uringan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar berdi Kazakhstan Today.
“Yettisoy bojxona postining navbatchi otryadi chegara orqali 3500 donadan ortiq ondatra terisini olib o‘tishga harakat qilgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi”, — deb xabar berdi Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati.
Idoradagilarning ta’kidlashicha, o‘zbekistonliklar ikkita Nexia avtomobili orqali Qozog‘istonga o‘tmoqchi bo‘lgan. Noqonuniy yuk transport vositasini tekshirish jarayonida ma’lum bo‘lgan.
Bu haqda o‘zaro hamkorlik qiluvchi organlar vakillariga xabar berilgan.
Izoh (0)