Chilonzor tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda “Olmazor” metro bekati oldida bezorilik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
26-noyabr kuni soat 15:00 da Bunyodkor shoh ko‘chasida joylashgan “Olmazor” metro bekati oldida 1992-yilda tug‘ilgan Sirdaryo shahri Alisher Navoiy ko‘chasida yashovchi I.U bezorilik oqibatida 1972-yilda tug‘ilgan K.Ani urib tan jarohati yetkazganligi aniqlanib ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.Uga nisbatan Chilonzor tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi (bezorilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)