Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan (ro‘yxat raqami 2536-1, 2017-yil 23-noyabr) “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom”ga o‘zgartirish kiritildi, deb xabar berdi Norma.
Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari ro‘yxatiga xorijiy mamlakatlardagi o‘z filiallarida aylanma mablag‘lariga ega rezidentlar ham kiritildi.
Bundan tashqari quyidagi valyuta operatsiyalari faqatgina Prezident, Vazirlar Mahkamasi yoki xalqaro kelishuv qarorlari asosida amalga oshiriladi:
- O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining bank hisobvaraqalaridan xorijiy davlatlarga 10 ming AQSh dollaridan ortiqroq mablag‘ o‘tkazganida:
- xorijiy korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish (yoki ulush orqali ishtirok etish);
- rezidentlar tomonidan xorijiy mamlakatlardagi o‘z filiallarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishi;
- O‘zbekiston rezidentlari tomonidan norezidentlarga kreditlar, pul va tovar zayomlari, shuningdek, lizing obyektlarini taqdim etish;
- Rezidentlar mablag‘ini tijorat banklarining hisob raqamlaridan xorijiy mamlakatlardagi hisobvaraqlarga (depozitlarga) joylashtirish va ko‘chmas mulkni sotib olish uchun mablag‘larni o‘tkazish.
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- Xorij fuqarolari va mamlakatda doimiy yashash huquqiga ega fuqaroligi yo‘q shaxslar;
- O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar;
- O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik immuniteti va imtiyozlaridan foydalanuvchi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari, shuningdek, xorijda xo‘jalik va tijoriy faoliyatni amalga oshirmaydigan mahalliy tashkilotlarning vakolatxonalari.
Izoh (0)