Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘tirgan stulni yiqitib yubordi. Bunga ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari e’tibor qaratdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Putin va Erdo‘g‘on Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan birga 22-noyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tgan uch tomonlama muzokaralar yakunlariga ko‘ra matbuot uchun brifing berdi. Rossiya yetakchisi o‘rnidan qo‘zg‘alib, Erdo‘g‘on bilan qo‘l siqishdi va uning stulini chetga surib qo‘ydi, ammo stul ag‘anab ketdi.
Turkiya televideniyesi orqali namoyish etilgan translyatsiyadan ma’lum bo‘lishicha, stul oldiga bir kishi shu zahotiyoq yugurib kelib, uni ko‘tarib qo‘ygan.
Izoh (0)