22-noyabr kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining qasamyod qilish, ularga xizmat uylari kalitlarini va shaxsiy avtomashinalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirda viloyat hududida xizmat olib borayotgan 615 nafar profilaktika inspektorlarining 160 nafari tantanali qasamyod qilib, ularga xizmat uylarining kalitlari va shaxsiy avtomashinalari topshirildi.
Shuningdek, Olmaliq shahar ichki ishlar bo‘limi 6-sonli ichki ishlar bo‘linmasining ochilish tadbirida ham martabali mehmonlar ishtirok etdi.
Izoh (0)