Rossiya prezidenti Vladimir Putin Argentina prezidenti Maurisio Makriga 15-noyabr kuni yo‘qolgan “San-Xuan” suv osti kemasini izlash ishlariga yordam berishni taklif qildi, deb xabar beradi Meduza.
“Ikki mamlakat mudofaa vazirlari mazkur masalada hamkorlik qiladi”, — deyiladi xabarda.
Rossiya submarinani qidirish ishlariga qo‘shilishi haqida xabarda aniq ma’lumot keltirilmagan.
Argentina harbiy-dengiz kuchlariga tegishli “San-Xuan” suv osti kemasi 15-noyabrdan beri aloqaga chiqmayapti. Uning bortida 44 kishi bo‘lgan. “San-Xuan”ni qidirish ishlari Atlantika okeani janubida olib borilmoqda.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ekipaj a’zolarida kamida ikki haftaga yetadigan kislorod, oziq-ovqat va suv zaxirasi mavjud.
Izoh (0)