Sentabr boshida Meizu kompaniyasi mblu Zero deb nomlanuvchi smartfon tizerini e’lon qilgan edi. Tasvirda romsiz displeyning bir qismini ko‘rish mumkin. Ammo hozircha ushbu smartfon haqida yangi ma’lumot yo‘q edi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Taxminlarga ko‘ra, Meizu zamonaviy romsiz qurilmalarga o‘xshash yana bir smartfonni ishlab chiqmoqda, mblu Zero esa kompaniyaning 2018-yildagi flagmani bo‘ladi.
Internetda paydo bo‘lgan suratlarda smartfon metall korpusli ekanligini ko‘rish mumkin. Unda mTouch firma tugmasidan voz kechiladi, barmoq izi skanerini esa orqa panelga ko‘chirishadi. Ammo unda rom kattaroq bo‘ladi, ayniqsa pastki qismida.
Shuningdek, orqa kameraning qo‘sh modulli ekanligini payqash mumkin.
“Romsiz” smartfon haqidagi boshqa tafsilotlar haligacha ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)