Amerikaning Time jurnali 2017-yilning eng yaxshi texnik yangiliklari reytingini tuzdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Gadjetlar ro‘yxatida Yaponiyaning Nintendo kompaniyasi ishlab chiqqan Switch o‘yin pristavkasi birinchi bo‘ldi, undan statsionar pristavka sifatida foydalanish, shuningdek, yo‘l-yo‘lakay o‘yin o‘ynash ham mumkin.
Ikkinchi o‘rinda iPhone X joylashdi. Nashr ta’kidlashicha, romsiz displey va Face ID kelajakda smartfonlar uchun yangi standart o‘rnatadi.
Texnik yangiliklar reytingidagi uchinchi pog‘onani Microsoft Surface Laptop noutbuki egalladi. Ro‘yxatni tuzuvchilar gadjetning tashqi dizaynini, shuningdek, quvvati uzoq vaqtga yetishini yuqori baholadi.
Time ro‘yxatida yuqori beshlikka DJI Spark kvadrokopteri va Samsung Galaxy S8 flagman smartfoni ham kirdi.
Izoh (0)