Apple kompaniyasi 2019-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan smartfonning asosiy kamerasi uchun yangi “3D-datchik” ishlab chiqmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.ru Bloomberg agentligiga tayanib. Sensor to‘ldirilgan reallik dasturlari va servislari bilan ishlash uchun qo‘llaniladi.
Ushbu datchik lazerlar tizimi yordamida ishlab, turli obyektlardan taralayotgan nurlarning aks etish tezligini qayd etadi va shu tariqa atrofdagi makonning uch o‘lchamli xaritasini tuzadi. Ayni paytda iPhone X’dagi FaceID yuzni tanib olish tizimi shunga o‘xshash tarzda ishlaydi.
Apple hozirda 3D-tahlil tizimlarini yetkazib beruvchi bir nechta kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda. Yangi tizimga iPhone X’ning old kamerasi va FaceID tizimida qo‘llaniladigan TrueDepth sensori asos qilib olinadi.
Izoh (0)