Apple kompaniyasi 2018-yilda iPhone X dizayni bo‘yicha uchta yangi smartfon chiqaradi, ularda “Uyga” tugmasi bo‘lmaydi, ekranga old kamera uchun “kesim” tushiriladi va Face ID bo‘ladi. Bu haqda KGI Securities tahlilchisi Ming-Chi Kuo gapirib berdi, u o‘zining aniq insayderlik bashoratlari bilan mashhurdir. Bu haqda TJournal yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 5,8 dyuymli OLED-displeyli iPhone’ga qo‘shimcha ravishda, lineykada 6,5 dyuymli ekrani bo‘lgan Plus modeli ham paydo bo‘ladi. Shuningdek, Ming-Chi Kuo xuddi shunday dizaynli, ammo 6,1 dyuymli LCD-matritsali yana bitta smartfon paydo bo‘lishini kutmoqda.
KGI ma’lumotlariga ko‘ra, ekran pikseli pastroq bo‘ladi, smartfonning o‘zi esa arzonroq materiallardan qilinadi. Tahlilchi uning narxini 649 yoki 749 dollarga baholamoqda.
Izoh (0)