Cessna-172 yengil motorli samolyoti San-Xose shahridagi (AQSh, Kaliforniya shtati) uyga quladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Samolyot Reyd Xillvyu aeroportidan uchgandi. Parvozdan so‘ng uchuvchi dispetcherga tizimdagi nosozlik xaqida xabar berdi va aeroportga qaytishga urindi. Biroq boshqaruvni uddalay olmay, uy yonidagi garajga quladi.
Hodisa oqibatida samolyotning ikki yo‘lovchisi jiddiy jarohat oldi, yana bir yo‘lovchi yengil shikastlandi. Ularning barchasi kasalxonaga yetkazildi.
Samolyot qulashi chog‘ida uyda bir necha kishi bo‘lgani, biroq ulardan hech biri jabrlanmagani bildirilmoqda.
Izoh (0)