19-noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan auksionda Napoleon Bonapartning tojidan olingan oltin dafna yaprog‘i 625 ming yevroga sotildi, deb xabar beradi The Guardian.
Toj bo‘lagining yakuniy narxi Osenat auksion uyi taxmin qilgan narxdan ancha qimmatroq bo‘ldi. Tojda yana shunday beshta oltin barg qoldi. Bonapart mazkur tojni 1804-yilda taxtga o‘tirish marosimida taqqan edi.
Tojning o‘zi 1980-yildagi auksionda 92 ming yevroga sotilgan edi.
19-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida 400 dan ortiq san’at asarlari va fransuz imperatoriga tegishli turli buyumlar sotilgan.
Napoleonning rafiqasi Jozefinaga tegishli gullar bilan bezatilgan g‘aladon esa kutilganidan uch baravar qimmatroqqa ya’ni 150 ming yevroga sotildi.
Izoh (0)