• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Savol-javob: Benzinga nimalar bo‘layapti?

    O‘zbekistonda 15-noyabrdan benzin narxi oshdi. Har doimgidek, kutilmaganda. Citizen nashri nega benzin narxi oshdi-yu, endi nima bo‘lishi haqidagi savollarga javob izladi.

    Foto: Citizen

    Foto: Citizen

    1. Nima shovqin?

    Qisqacha qilib aytganda, 15-noyabrdan boshlab O‘zbekistonning barcha AYoQShlarida benzin narxi oshdi. 2800 so‘m bo‘lgan Ai-80 endi 3800 so‘m. Ai-91 benzini 4300 so‘mga, dizel yoqilg‘isi 4100 so‘mga ko‘tarildi.

    Hafta boshida ijtimoiy tarmoqlarda benzin qimmatlashishi haqidagi gap-so‘zlar tarqala boshladi. Viloyatlardagi AYoQShlarda benzin butunlay yo‘qolib qolganini sezgan aholi yaqin vaqt ichida narxlar oshishini taxmin qilgandi. Mish-mishlar faqat taxminlarga asoslanmagan ekan shekilli, aynan tarmoq foydalanuvchilari keltirgan narxlar keyinchalik davlat tomonidan rasman belgilandi.

    13-noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati jurnalistlarning benzin qimmatlashishi bilan bog‘liq savollariga aniq javob bera olmadi. Ular yangi narxlar borasida hech qanday buyruq olishmaganini ta’kidladi. Ammo narxlar baribir oshdi. Bunga oddiy sabab keltirildi — benzin va boshqa yoqilg‘i resurslari butun dunyoda qimmatlashgan.

    2. Oxirgi marta narxlar qachon oshgandi?

    Benzin narxi so‘nggi bor 2016-yil 23-oktabrida ko‘tarilgan edi. O‘shanda ham benzin bahosi o‘rtacha uchdan birga oshgandi. Qiziqarli jihati, aynan o‘sha kuni “O‘zbekneftgaz” butun respublika bo‘ylab bir xil narxni joriy qilgan edi. Ungacha yoqilg‘ining chakana narxlarini AYoQShlarning o‘zlari boshqarishi mumkin edi.

    Fuqarolar o‘sha vaqtda hali yangi bo‘lgan Prezident virtual qabulxonasiga benzin tanqisligi muammosi haqida ko‘plab shikoyatlar yo‘llagan. Benzin bor bo‘lsa ham, uning narxi qimmat edi: Ai-80 viloyatlarda 3000 so‘m bo‘lgani holda Toshkentda 2075 so‘m edi, ba’zi olibsotarlar esa uni qo‘lda 5000 so‘mga sotayotgan edi.

    3. Xo‘p. Davlat qanday choralar ko‘radi?

    Prezidentning benzin muammosi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi qarori chiqdi.

    Moliya vazirligi mahalliy neftni qayta ishlovchi zavodlarga 250 million dollar ajratadi. Bu pullar evaziga zavodlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun chetdan xomashyo va tayyor yoqilg‘i sotib olishi kerak. Dastlabki 600 million so‘mni zavodlar shu hafta ichida oladi.

    Bundan tashqari, yo‘l haqi keskin oshib ketmasligi uchun “Toshshahartransxizmat” davlat byudjetidan qo‘shimcha pullar bilan ta’minlanadi. Neftni qayta ishlovchi zavodlar bir nechta soliq turlaridan ozod qilindi, benzin uchun soliq esa ikki baravar kamaytirildi.

    4. Biz o‘zimiz neft qazib olamiz-ku. Nega yana sotib olishimiz kerak?

    O‘zbekistonda neft qazib olsa ham, uning miqdori ko‘p emas. 2016-yilgi jahon reytingida O‘zbekiston 47-o‘rinni egalladi, mamlakatda yiliga 2,6 million tonna neft qazib olinadi. Bu borada yetakchilardan hisoblangan Saudiya Arabistoni yiliga 585 million tonna, Rossiya 554 million tonna va AQSh 543 million tonna neft qazib oladi.

    2010-yildan boshlab O‘zbekistonda 6 yil ichida qayta ishlanadigan neft miqdori 26 foizga kamaygan, import esa taxminan shuncha miqdorga ko‘paygan. Bu degani, davlat korxonalari o‘z kuchi bilan barchani yoqilg‘i bilan ta’minlay olmaydi. Yoqilg‘i importi hajmi yuqoriligi va narxlarning oshishi shunga bog‘liq.

    Vaziyatni o‘zgartirish uchun Jizzax viloyatida yangi neftni qayta ishlash zavodi qurilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu zavod yiliga 5 million tonna neft qayta ishlab chiqaradi. Biroq, ushbu neftning asosiy qismi O‘zbekistonga chet eldan keltiriladi.

    5. Eshitishimcha, jahon bozorida neft arzonlashayotgan ekan. U holda nega benzin qimmatlashyapti?

    Tasavvur qiling, neft qazib oluvchi yirik bir kompaniya bor. Bu kompaniya ishlab chiqarish, uskunalar, xodimlar maoshi, transportirovka va qayta ishlash uchun katta pul sarflaydi. Neft narxi tusha boshlashi bilan bu kompaniya ziyon ko‘ra boshlaydi.

    O‘zbekistonda neft qazib olish bilan ham, uni qayta ishlash bilan ham “O‘zbekneftgaz” shug‘ullanadi. Neftning pasaygan narxi o‘rni, chorasizlikdan, benzin va boshqa qayta ishlangan mahsulot turlari bahosini oshirish bilan qoplanadi. Yana ta’kidlash kerakki, yakuniy narxga haydovchilar, sotuvchilar va hatto neftni qayta ishlovchi zavodlardan olinadigan soliqlar ham qo‘shiladi.

    6. Benzinning hozirgi narxi tabiiy holatmi?

    Murakkab savol. Bir tomondan, O‘zbekistonda benzin bor-yo‘g‘i 0,5 dollar turadi. Bu dunyodagi oltinchi ko‘rsatkich. O‘zbekistondagidan ko‘ra arzonroq benzinni faqat Venesuela (1 sent), Saudiya Arabistoni (24 sent), Turkmaniston (29 sent), Jazoir (31 sent) va Eron (34 sent) bor. Eng qimmat benzin Gonkong, Norvegiya va Niderlandiyada — taxminan ikki dollar.

    Biroq bu narxlarni o‘rtacha oylik ish haqi nisbatan olib taqqoslasa, maqbulroq ko‘rinsa kerak. Venesueladagi o‘rtacha ish haqiga 6 200 litr, Saudiya Arabistonida 10 208 litr, Jazoirda 1 345 litr benzin sotib olish mumkin. O‘zbekistonda va benzin narxi eng qimmat bo‘lgan Gonkongda o‘rtacha maoshga 500 litr sotib olish mumkin.

    7. Bundan buyog‘iga nima bo‘ladi?

    Bugun kun tartibi va qonunchilikka tez-tez o‘zgarishlar kiritilyapti, shuning uchun oldindan biror narsa deyish qiyin. Lekin, biroz yuqoriroqda qayd etib o‘tilgan Prezident qarori ba’zi bir xulosalar chiqarishga asos bo‘la oladi.

    Ushbu qarorga ko‘ra, keyingi yildan boshlab davlat organlari va “O‘zbekneftgaz” kabi kompaniyalar tovarlarga cheklangan narxlarni belgilay olmaydi. Albatta, Vazirlar Mahkamasi alohida belgilab chiqadigan ijtimoiy ahamiyatga molik yoki strategik jihatdan muhim bo‘lgan mahsulotlar bundan mustasno.

    Shuningdek, davlat monopoliyachilari o‘z mahsulotini birja savdosiga qo‘yishi va narxlar bozor metodlari bilan belgilanishi shart bo‘ladi. Bu degani, “O‘zbekneftgaz” yaqin vaqt ichida benzinni xususiy AYoQShlarga kimoshdi savdosi orqali sotadi va benzinning xaridorlar uchun yakuniy narxi talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda o‘zgarib turadi. Katta ehtimol bilan, yoqilg‘i narxining qandaydir cheklangan minimal narxi bo‘ladi, biroq maksimal narx o‘sishda davom etsa kerak, deb yozadi Citizen.

    18.11.2017, 15:09   Izoh (0)   95272
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent uzra harbiy vertolyotlarda O‘zbekiston bayrog‘i olib o‘tildi (foto+video)

    18.11.2017, 14:26

    “Fozil ota” qabristoni qarovchisi Miroqil Fozilov Yaponiya imperatori ordeni bilan taqdirlandi

    18.11.2017, 13:59

    O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Isroil elchisi bilan uchrashdi

    18.11.2017, 10:15

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan koreys millatiga mansub fuqarolarga tabrik yo‘lladi

    18.11.2017, 09:45

    O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon o‘tkazadi

    18.11.2017, 09:31

    Mirziyoyevning Sergeliga tashrifi, Toshkent uzra bayroqli vertolyot, test sinovlarining yangi tartibi va kunning boshqa muhim xabarlari

    17.11.2017, 21:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.