17-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev 22–25-noyabr kunlari Janubiy Koreyada davlat tashrifi bilan bo‘ladi. Tashrif Janubiy Koreya prezidenti taklifiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
2. Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi. U yangi massivdagi maktab, bog‘cha, poliklinika, ichki ishlar idorasi, suzish havzasi va boshqa joylarni ham ko‘zdan kechirdi.
3. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri: To‘rt yoshli qizchasini ayovsiz kaltaklagan bu odam shunday qusurlari uchun ishdan haydalgan. 4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan shaxs otalik huquqidan mahrum etilgan.
4. 2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda madaniyat, san’at va sport sohasidagi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlarisiz amalga oshiriladi.
5. 18-noyabr kuni Toshkent uzra harbiy vertolyotlarda O‘zbekiston bayrog‘i olib o‘tiladi. Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr — O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
Izoh (0)