O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli vertolyotlar 18-noyabr kuni Toshkent uzra mamlakat Davlat bayrog‘ini olib o‘tdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Ikkita AS-350 harbiy vertolyoti Mahtumquli ko‘chasi, Amir Temur xiyoboni — Amir Temur ko‘chasi — Toshkent teleminorasi — Hayvonot bog‘i — Markaziy harbiy klinik gospitali — Akademiklar shaharchasi — Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi — Parkent ko‘chasi — Tuzel qo‘rg‘oni yo‘nalishi bo‘yicha olib o‘tildi.
Mudofaa vazirligining nashrga ma’lum qilishicha, kelgusida ham davlat ramzlarining kuni shu kabi “noodatiy usullar” orqali nishonlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon ham tashkil etdi.
Izoh (0)