• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan koreys millatiga mansub fuqarolarga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koreys millatiga mansub fuqarolarning istiqomat qilayotganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Mazkur tabrikning to‘liq matnini O‘zA e’lon qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Aziz do‘stlar!

    Hurmatli mehmonlar!

    Shu kunlarda ko‘p millatli xalqimiz koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz O‘zbekistonda istiqomat qilayotganining 80 yilligini nishonlamoqda.

    O‘tgan asrning muhtojlikka yo‘g‘rilgan g‘oyat murakkab davri – 30-yillarida shafqatsiz siyosiy tuzum tazyiqi ostida o‘n minglab koreyslar Uzoq Sharqdan O‘zbekiston zaminiga kelib qolishgan. O‘zbek xalqi o‘ziga xos oliyjanoblik va bag‘rikenglik bilan taqdir hukmiga tashlab qo‘yilgan koreyslarga mehr ko‘rsatdi, bag‘riga olib, boshpana berdi.

    Mehnatsevarligi, qat’iy irodasi, ahilligi, intizomi, yerga mehri bilan, dunyoqarashimiz va madaniyatlarimiz o‘xshashligi tufayli koreyslar O‘zbekiston timsolida ikkinchi Vatanini topdi va uning munosib farzandi, ko‘p millatli O‘zbekistonning teng huquqli fuqarosiga aylandi, hurmat-e’tibor qozondi. Xalqimiz shunday yurtdoshlari bilan faxrlanadi.

    Biz koreys millatiga mansub yurtdoshlarimizning mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish – sanoat va qishloq xo‘jaligi salohiyatini mustahkamlash, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini yuksak qadrlaymiz.

    Ular yurtimizdagi cho‘llarni o‘zlashtirishda faol ishtirok etdi, qiyin sharoitlarda qo‘riq yerlarga ishlov berdi, yerning tilini biladigan omilkor dehqon sifatida keyinchalik eng ilg‘orlar qatoridan joy olgan xo‘jaliklar barpo etdi.

    Koreys millatiga mansub yurtdoshlarimizning shonli va fidokorona mehnati, O‘zbekistonning har tomonlama taraqqiy topishi va farovon bo‘lishiga qaratilgan bunyodkorlik faoliyati mamlakatimiz erishgan yutuqlar solnomasida yorqin sahifa bo‘lib qoladi.

    Mamlakatimizda katta obro‘-e’tibor qozongan 283 nafar koreys millatiga mansub yurtdoshimiz davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.

    Ular orasida deputatlar, hukumat a’zolari, xizmat ko‘rsatgan fan, madaniyat va san’at arboblari, yuqori malakali mutaxassislar bor. Bular qatorida taniqli qishloq xo‘jaligi xodimlari Kim Pen Xva va Xvan Man Gim, O‘zbekiston Qahramoni, Xivadagi Mehribonlik uyi direktori Vera Pak, maktabgacha ta’lim vaziri, senator Agrippina Shin, senator Valeriy Tyan, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchisi Vitaliy Fen, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Koreys madaniyat markazlari uyushmasi raisi Viktor Pak, boks bo‘yicha jahon kubogi sohibi Vladimir Shin, rassom Nikolay Shin, akademik Vladimir Kim, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Shek va boshqalarni alohida e’tirof etish kerak.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda 200 mingdan ziyod koreys millati vakillari istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati o‘zbek tilida so‘zlasha olishi, madaniyatimizni yaxshi bilishini alohida qayd etish zarur. Buni biz o‘zbek xalqiga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom sifatida qabul qilamiz.

    Koreys diasporasi ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ajralmas bo‘lagi bo‘lib, an’anaviy tarzda respublika miqyosida o‘tkaziladigan barcha ommaviy va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etadi.

    Joriy yilning iyun oyida poytaxtimizdagi “Do‘stlik bog‘i”da koreys diasporasi tomonidan saxovatli o‘zbek zaminidagi bag‘rikenglik, samimiylik va g‘amxo‘rlik, tinch va osoyishta hayot uchun minnatdorlik belgisi sifatida yodgorlik monumenti barpo etildi.

    Mamlakatimizda boshqa millat va elat vakillari qatori koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz uchun ham o‘z milliy madaniyati, tili, urf-odat va an’analarini asrab-avaylashi va rivojlantirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Misol uchun, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Samarqand davlat chet tillar institutida koreys filologiyasi o‘qitilmoqda.

    O‘zbekiston Koreys madaniyat markazlari uyushmasi tomonidan bu borada ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Koreys tilida kitob va gazetalar chop etilmoqda, ko‘rgazmalar, konsertlar, festivallar, ijodiy jamoalarning O‘zbekiston bo‘ylab va xorijga gastrollari, yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

    Ayni paytda Toshkentda Koreya Respublikasi hukumati ko‘magida Koreys madaniyat va san’at uyi bunyod etilmoqda. O‘ylaymanki, u bizning tobora mustahkamlanib borayotgan do‘stligimizning yorqin timsoli, yoshlar va ziyolilarni o‘ziga jalb qiluvchi maskan, madaniyatlarimizni o‘zaro boyitish markaziga aylanadi.

    O‘zbekistonda Koreya Respublikasi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, koreys diasporasi bunga katta hissa qo‘shmoqda.

    Yaqin kunlarda Koreya Respublikasiga oliy darajadagi tashrif rejalashtirilgan bo‘lib, uning doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, jumladan, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

    Qadrli tadbir ishtirokchilari, Siz va sizning timsolingizda barcha koreys yurtdoshlarimizga umumiy uyimiz – jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lidagi fidokorona va samarali mehnatingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

    Barchangizga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyat, oilaviy baxt va farovonlik tilayman.

    18.11.2017, 09:45   Izoh (0)   11589
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon o‘tkazadi

    18.11.2017, 09:31

    Mirziyoyevning Sergeliga tashrifi, Toshkent uzra bayroqli vertolyot, test sinovlarining yangi tartibi va kunning boshqa muhim xabarlari

    17.11.2017, 21:49

    18-noyabr kuni Toshkent uzra harbiy vertolyotlarda O‘zbekiston bayrog‘i olib o‘tiladi

    17.11.2017, 21:36

    Germaniyaning Landesbank Baden-Württemberg banki “Ipak Yo‘li” AITB bilan munosabatlarini mustahkamlamoqda

    17.11.2017, 19:25

    Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Qozog‘istonning Oqmola viloyatiga tashrif buyurdi

    17.11.2017, 19:15

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi barcha oilaviy poliklinikalarda navbatga yozilish uchun elektron tizim joriy etish yuzasidan topshiriqlar berdi

    17.11.2017, 18:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.