Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rize shahrida o‘z partiyasining mintaqaviy qurultoyida chiqish qilarkan, NATOning uzrini qabul qilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Shimoliy Atlantika shartomasi ittifoqi Norvegiyadagi harbiy mashg‘ulotlar vaqtida shartli “dushman plakati”da Turkiya prezidentining ismi paydo bo‘lganidan so‘ng uzr so‘ragan edi.
“Biz NATOning kechagi mashg‘ulotlari vaqtida bu behurmat harakatni ko‘rdik. Shunday xatolar bo‘ladiki, ular shunchaki ahmoqlar emas, balki yaramaslar tomonidan amalga oshiriladi”, — dedi Erdo‘g‘on.
Turkiya davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, “bu masala oddiygina uzr bilan yopilishi mumkin emas”.
Izoh (0)