Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sankt-Peterburgga 17-noyabr, juma kuni amalga oshirgan tashrifi davomida huquq-tartibot idoralariga bombalar o‘rnatilgani haqida 60 ga yaqin qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
“Ertalabdan 60 ga yaqin qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Ular orqali turli obyektlar, jumladan, prezident korteji yo‘nalishi va Putin borishi kerak bo‘lgan manzillarga qo‘shni obyektlarga o‘rnatilgan 50 ta portlovchi qurilma haqida xabar berildi”, — dedi Peskov.
Prezident matbuot kotibining aytishicha, hech bir holatda bomba topilmagan.
“Tabiiyki, xavfsizlik xizmati bunday vaziyatda nima qilish lozim bo‘lsa, shuni amalga oshirdi. Bu ish fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirmasligiga alohida e’tibor qaratildi”, — ta’kidladi Rossiya prezidentining matbuot kotibi.
Izoh (0)