• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hamma Robert Mugabeni gapirmoqda. U haqda nimalarni bilish kerak?

    Zimbabveda nufuzli harbiylar guruhi 15-noyabr kuni mamlakatning 93 yoshli prezidenti Robert Mugabeni uy qamog‘iga tashladi. Uning ehtimoliy ikki vorisidan biri hisoblangan xotini — Greys mamlakatdan qochib ketdi; ikkinchi voris vitse-prezident Emmerson Mnangagva edi — uni o‘tgan hafta Mugabening o‘zi hokimiyatni egallab olishda ayblab, iste’foga chiqargandi. Mugabe 37 yildan beri Zimbabveni boshqaradi, u sayyoradagi eng keksa davlat rahbari, Afrikada eng uzoq vaqt hukmronlik qilayotgan prezidentlardan, shuningdek, jahondagi eng taniqli diktatorlardan biri. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘ntarishdan so‘ng Mugabe hokimiyatni ixtiyoriy ravishda topshirishdan bosh tortib, mamlakatni keyingi — 2018-yili bo‘ladigan prezident sayloviga qadar boshqarish istagini bildirgan. Meduza nashri Mugabe haqida gaplashayotganda bilish lozim bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratdi.

    Robert Mugabe.

    Robert Mugabe.
    Foto: Meduza

    Robert Mugabe qanday qilib hokimiyat tepasiga kelgan?

    Mugabening asli kasbi o‘qituvchi, 1960-yillardan boshlab siyosatga aralashgan. O‘sha vaqtlarda Zimbabve Buyuk Britaniyaning o‘z-o‘zini boshqaruvchi mustamlakasi edi va segregatsiya (qora tanlilarni ajratib qo‘yish) siyosatini yurgizuvchi oq tanli ozchilik hukumati tomonidan boshqarilardi.

    1960-yillar oxiridan to 1979-yilga qadar mamlakat mustaqillik uchun urushni boshdan kechirgan, shu vaqtda ikki milliy partiya maydonga chiqqan. Mugabe ulardan biri — “Zimbabvening Afrika milliy ittifoqi” (ZAMI) yetakchisi edi. 1980-yili, Zimbabve mustaqillikka erishganidan so‘ng, ZAMI parlament saylovlarida g‘olib chiqqan, Mugabe esa bosh vazir lavozimini egalladi. Oradan yetti yil o‘tib, 1987-yili u mamlakat konstitutsiyasini o‘zgartirib, bosh vazir kursisini bekor qildi, o‘zini esa prezident etib tayinladi (keyinchalik u prezident saylovlarida besh marta g‘olib chiqqan).

    Mugabe yaxshi prezident bo‘lganmi?

    Mugabe hokimiyat tepasiga kelgan vaqtda Zimbabve iqtisodiyoti Afrikada eng qudratlaridan biri edi. Hozir esa — jahonning eng qashshoq 30 mamlakatidan biri. Biroq mustaqillikning va Mugabe hukmronligining ilk yillari zimbabveliklar o‘z rahbaridan norozi bo‘lmagan. Bunga bir necha sabab bor.

    Mugabe legitim parlament saylovi yakunlariga ko‘ra bosh vazirga aylangan. U inqilob ramzi va nafaqat Zimbabveda, balki undan tashqarida ham yaxshigina obro‘-e’tiborga ega edi. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiyotga ega mamlakat rahbariga aylangach, u ijtimoiy sohaga katta e’tibor qaratgan: uning hukmronligi dastlabki 10 yilida ta’lim va sog‘liqni saqlashga ajratilgan xarajatlar uch barobar oshgan.

    Umuman olganda, Mugabe siyosiy nuqtai nazardan so‘l qanot vakili edi: u eng kam ish haqi miqdorini belgilagan, yangi ish o‘rinlari yaratilishini rag‘batlantirgan, kreditlar bo‘yicha stavkalarni cheklagan.

    Biroq nolinchi yillarning boshida mamlakatda inqiroz boshlanib, 2008-yilda u o‘z cho‘qqisiga chiqdi. O‘shanda Zimbabve tashqi qarzi yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning 131 foizini tashkil etdi, YaIMning o‘zi esa 18 foizga qisqardi. 2008-yil oxiriga borib inflyatsiya darajasi oyiga 79 milliard foizga yetdi; narxlar har 24 soatda ikki barobarga oshardi.

    2009-yili Mugabe milliy valyuta — Zimbabve dollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan va hisob-kitoblar uchun AQSh dollari va Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) randidan foydalanishga o‘tilgan. Shundan beri mamlakat YaIM hajmi — 2016-yilda salkam 0 darajagacha tushgan bo‘lsa-da — manfiy ko‘rsatkichlargacha pasaygani yo‘q. Hozir esa Zimbabveda yana yangi inqiroz yuz berishi ehtimoli borligi aytilmoqda.

    Nima uchun mamlakatda bunday jiddiy inqiroz yuz bergan? Mugabe yana qanday ishlari bilan mashhur?

    Mugabe Zimbabvedan oq tanli fermerlarni haydagani bilan tanilgan. Aynan mana shu “tezkor yer islohoti” Zimbabvedagi inqirozning asosiy sababi hisoblanadi.

    Zimbabve o‘z mustaqilligini e’lon qilgan 1980-yili mamlakatdagi ekin maydonlarining 80 foizi 5 foiz oq tanli aholi qo‘lida edi. Yerlarni qayta taqsimlash inqilobning asosiy shiorlaridan biri bo‘lgan, biroq Buyuk Britaniya imzolangan kelishuv bunday islohot o‘tkazilishini 10 yilga kechiktirgan edi. Davlatga majburiy tartibda sotilishi shart bo‘lgan fermalarning dastlabki ro‘yxati 1990-yillarning boshiga kelibgina tuzilgan.

    2000-yili qora tanli aholi oqlarga tegishli bir necha fermalarni egallab olgan; sud aholining bu harakatlarini noqonuniy deb topgan. Bunga javoban Mugabe oq tanlilarni “davlat dushmani” deb atab, “tezkor agrar islohot” o‘tkazilishini e’lon qilgan. Keyingi uch yil ichida 4300 ta ferma 127 mingdan ziyod qora tanli dehqonlar qo‘liga o‘tgan. Mustamlakachilarning avlodlari mamlakatdan ommaviy ravishda qochishni boshlagan, yerlarning yangi xo‘jayinlarida esa fermerlik qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikma yo‘q edi. Oqibatda hosildorlik pasaygan, Zimbabve chet eldan oziq-ovqat sotib olishga majbur bo‘lgan.

    Shunga qaramay, Mugabe yer islohotidan voz kechmadi. 2017-yilga kelib, uning so‘zlariga ko‘ra, oq tanli aholi ixtiyorida bor-yo‘g‘i 73 ta ferma qolgan edi, xolos.

    Voris sifatida ko‘rilgan uning xotini qanday ishlari bilan mashhur?

    Aftidan, aynan Greys Mugabening siyosiy xohish-istagi sababli mazkur to‘ntarish yuz berdi. Bungacha u asosan o‘zining isrofgarchiligi (bu “fazilati” sharofati bilan u Gucci Greys laqabini orttirgan) va o‘zini munosib tuta bilmasligi bilan tanilgan edi. 2017-yil avgustida Greys Mugabe janubiy afrikalik model Gabriella Enjelsni urgan edi. Hodisa Yohannesburgdagi mehmonxona nomerida yuz bergan — model bu yerda Greysning o‘g‘illari bilan birga bo‘lgan. Enjelsning so‘zlariga ko‘ra, Zimbabve prezidentining xotini xonaga bostirib kirib, u yerda kim bo‘lsa hammani savalay ketgan; modelning peshonasi yorilgan. Qiz Greys Mugabeni tajovuzda aybladi, biroq Zimbabve birinchi xonimi sudga kelmadi — u JAR tomonidan taqdim etilgan diplomatik daxlsizlikdan foydalanib, vataniga qaytib ketgan.

    Mugabe qanday qilib buncha uzoq vaqt hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab tura oldi?

    Oddiy — muxolifatni shafqatsizlik bilan jazolash va saylov natijalarini soxtalashtirish orqali. Bosh vazirga aylangach, Mugabe “Beshinchi brigada” nomli maxsus bo‘linma tuzgan, uning a’zolari 1987-yilga qadar muxolifatdagi “Zimbabvening Afrika xalq ittifoqi” (ZAXI) partiyasining 20 mingga yaqin a’zolari va tarafdorlarini hibsga olib, yo‘q qilgan. Ish ikki partiyaning birlashuvi va Zimbabvening bir partiyali mamlakatga aylanishi bilan yakuniga yetgan.

    Robert Mugabe va Morgan Svangirai. 2008-yil, 22-iyul.

    Robert Mugabe va Morgan Svangirai. 2008-yil, 22-iyul.
    Foto: Meduza

    Yillar o‘tishi bilan Zimbabvedagi saylovlarning erkinligi kamayib bordi, deydi Illinoys (AQSh) universiteti tarix professori Tereza Barns. Qoidabuzarliklari bo‘yicha eng mashhur saylov 2008-yilgisi hisoblanadi. O‘shanda muxolifatchi Morgan Svangirai prezident saylovining birinchi turida g‘alaba qozongan, biroq tarafdorlariga uyushtirilgan ketma-ket hujumlar sabab ikkinchi tur arafasida o‘z nomzodini saylovdan olgan. U o‘shanda “hokimiyatga erishish yo‘lida odamlarning o‘ldirilishi”ga jim qarab tura olmasligini aytib o‘tgan edi.

    Mugabe saylovning ikkinchi turida 85,5 foiz ovoz olgan — bu o‘sha vaqtda mamlakatda aqlbovar qilmas dahshatli giperinflyatsiya yuz berayotgan vaqtda qayd etilgan natija.

    Mugabeni hammayoqda mana shunday yomon odam deb hisoblashadimi?

    Afrikada Robert Mugabeni hali ham ozodlik uchun kurash timsoli sifatida qadrlaydiganlar bor. U aksariyati o‘zi kabi o‘tmishda mustaqillik uchun kurashgan prezidentlar bilan yaqin munosabatda.

    Zimbabve prezidentining G‘arb bilan munosabatlari yaxshi emasligi tushunarli hol. 1990-yillar oxiri — nolinchi yillar boshida AQSh va Yevropa Ittifoqi Mugabe tuzumiga qarshi sanksiyalar joriy etgan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va G‘arbdagi boshqa donorlar Mugabeni iqtisodiyotni qulatganlikda ayblab, moliyaviy yordamni to‘xtatgan. Bunga javoban, u AQSh va Buyuk Britaniyaning fikri bilan hisoblashish niyati yo‘qligini bildirgan. “Meni bu lavozimga tayinlagan Parvardigorgina undan meni olishi mumkin! MDK (Zimbabvedagi muxolifatchi partiya) ham, britaniyaliklar ham meni bu lavozimdan ololmaydi”, — degan edi u 2008-yilgi saylovlar arafasida.

    18.11.2017, 17:14   Izoh (0)   20830
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Norvegiya rasmiylari NATO mashg‘ulotlarida Erdo‘g‘on va Otaturk dushmanlar ro‘yxatiga kiritilgani uchun uzr so‘radi

    18.11.2017, 17:00

    NASA Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan Argentina suv osti kemasini qidirishga qo‘shildi

    18.11.2017, 16:47

    Maduro Ispaniyadan qochoq muxolifatchini qaytarmaslikni so‘radi

    18.11.2017, 16:06

    Zimbabve Afrika milliy ittifoqi Greys Mugabeni hukmron partiyadagi lavozimini tark etishga chaqirdi

    18.11.2017, 15:52

    Saudiya Arabistoni Germaniyadagi elchisini chaqirib oldi

    18.11.2017, 15:24

    AQShda Kennedining o‘ldirilishiga bog‘liq yana o‘n mingdan ortiq hujjat e’lon qilindi

    18.11.2017, 14:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.