Xavfsizlik kengashi BMT va Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishini tekshirish bo‘yicha missiyasi so‘nggi ish kunida uning mandatini uzaytirishga muvaffaq bo‘lmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oxirgi oy mobaynida Xavfsizlik kengashi to‘rt bor buni amalga oshirishga urindi, biroq ularning barchasi puchga chiqdi.
Rossiya 24-oktabr va 16-noyabrda missiya mandatini uzaytirish bo‘yicha rezolyutsiyaning AQSh tomonidan tayyorlangan loyihasini blokirovka qildi. 16-noyabr, payshanba kuni ovozga qo‘yilgan Rossiya hujjati esa yetarlicha ovoz to‘plolmadi.
Xavfsizlik kengashi hech bir hujjatni qabul qilolmagach, Yaponiya missiya ishini 30 kunga uzaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Loyiha 12 ta ovoz to‘pladi, ammo Rossiya veto huquqini qo‘lladi.
Izoh (0)