Eronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar amerikaliklarga zilziladan jabr ko‘rgan mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishni taqiqlamaydi, biroq ayrim cheklovlarga rioya etish zarur. Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Gumanitar maqsadlar uchun mo‘jallangan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va dori-darmon AQShning Eronga nisbatan savdo sanksiyalariga taalluqli emas. Biroq ular Eron hukumati, shuningdek, cheklovlar ostidagi shaxslar va muassasalarga yo‘naltirilmagan bo‘lishi lozim”, — deyiladi vazirlik izohida.
Hujjatga ko‘ra, AQSh moliyaviy tizimlari Eronga tijoriy bo‘lmagan shaxsiy o‘tkazmalarni amalga oshirishi mumkin. Bu AQShdan Eronga do‘stlar yoki oila a’zolariga yordam uchun o‘tkaziladigan mablag‘ni ham o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)