Saudiya Arabistoni Yaman port va aeroportlaridan sutka davomida qamalni olishga va’da berdi. Bu haqda podshohlikning BMTdagi vakolatxonasi 13-noyabr, dushanba kuni ma’lum qildi, deya xabar berdi “Korrespondent.net”.
Shu tariqa, Adan, Mosi va Al-Muqali shaharlaridagi aeroportlar va dengiz portlaridan qamal olinadi. Ular kelgusi 24 soat davomida yana avvalgi faoliyatiga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya boshchiligidagi koalitsiya 6-noyabr kuni isyonchi-xusiylar tomonidan Ar-Riyodga raketa yo‘llanishi tufayli Yaman portlarini yopib qo‘ygandi.
Izoh (0)