AQSh yetakchisi Donald Tramp Filippin prezidenti Rodrigo Duterte bilan iliq munosabatlar o‘rnatganini ma’lum qildi. Bu haqda u Manilada, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammiti doirasida Duterte bilan uchrashuvi arafasida aytib o‘tdi, deya xabar beradi “TASS”.
“Ikkimiz o‘rtamizda ko‘ngildagidek aloqalar o‘rnatildi. Bu tadbir muvaffaqiyatli bo‘ldi. Filippin prezidenti ASEAN konferensiyasini juda yaxshi tashkilladi”, — dedi Tramp.
O‘z navbatida, Duterte AQSh prezidentiga murojaat etar ekan, “sizlarning o‘ta muhim ittifoqdoshingizmiz”, deya eslatib o‘tdi.
Tramp va Dutertening suhbatidan so‘ng Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders muloqot chog‘ida asosiy e’tibor IShID muammosi va savdoga qaratilganini ta’kidladi.
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte oldinlari Oq uyning sobiq rahbari Barak Obama sha’niga nisbatan bir necha bor keskin fikr bildirgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)