Kolumbiyada mamlakat poytaxti Bogotadan Villavinchensio shahriga yo‘l olgan sayyohlik avtobusi jarlikka qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
RCN radiosiga ko‘ra, avtobus 150 metr balandlikdan pastga quladi.
Jami 23 kishi bo‘lgan avtobusdagi uch yo‘lovchi halok bo‘ldi, kamida 13 kishi yaralandi. Jarohatlanganlar kasalxonaga yetkazildi.
Politsiya barcha qurbonlar bir oila a’zolari ekanligini bildirdi. Fojianing dastlabki sababi sifatida avtobusning texnik nosozligi ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)