AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In tomonidan haqoratlarga qaramay, u bilan do‘stlashishga umid qilayotganini bildirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Nega Kim Chen In ‘qariya’ deb meni haqorat qilmoqchi, axir men uni biror marotaba ‘pakana va semiz’ deb ataganim yo‘q-ku? Men uning do‘sti bo‘lishga urinyapman, balki bu qachondir amalga oshar!”— degan yozuv qoldirdi AQSh prezidenti Twitter’dagi sahifasida.
Trampning ushbu yozuviga izohlarda foydalanuvchilar davlat rahbari akkaunti buzilganini taxmin qildi. Shuningdek, uning o‘zi sentabrda Kim Chen In uchun “raketa-odam” laqabini o‘ylab topganini eslatdi.
Izoh (0)