Britaniya parlamentining 40 nafar konservator deputati bosh vazir Tereza Meyga ishonchsizlik haqida umumiy maktub yozishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Deputatlar Yevroittifoq Britaniya tuzilmadan chiqish bo‘yicha barcha moliyaviy masalalarni kelishmaguncha Brexit yuzasidan muzokaralarni muzlatish bilan tahdid qilayotgani tufayli shunday qaror qabul qildi.
The Times nashriga ko‘ra, ayrim vazirlar ham deputatlar tarafini oldi. Ularni Meyning Brexit masalasidagi yondashuvi qoniqtirmayapti.
Yuzaga kelgan vaziyat bosh vazir iste’fosiga olib kelishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)