Forbes jurnalining 100 yilligiga bag‘ishlab, Foxconn kompaniyasi asoschisi, tayvanlik milliarder Terri Gou o‘z karyerasi haqida qisqa esse yozdi.
“O‘z karyeramning birinchi 20 yili davomida men pul ishlab topish uchun hamma kuchimni sarfladim. Pul zarur edi, chunki usiz o‘z oliy maqsadlarimga erisha olmagan bo‘lardim.
So‘ng 20 yil davomida men ushbu oliy maqsadlarimga intildim. Vaqt o‘tishi bilan hayotim yangicha mazmun kasb etdi va men qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun aslida qanday ishlash kerakligini tushunib yetdim.
Keyingi 20 yil men o‘zimga huzur-halovat keltiradigan narsalar ustida ishlamoqchiman. Qiziqishlarim va prioritetlarimni hisobga olgan holda, hayotiy tajribam va mening avvalgi muvaffaqiyatlarim yosh avlodni tayyorlashda aynan qo‘l keldi. Tez orada u ham dunyo uchun yangi va foydali narsani bera oladi.
O‘zining kasbiy hayoti davomida ushbu bosqichlarning uchalasidan ham o‘ta oladigan odam — haqiqiy baxti chopgan odam”.
Izoh (0)