Texasdagi cherkovda otishma uyushtirgan va 26 kishining umriga zomin bo‘lgan shaxs jinoyatga oiladagi muammolar tufayli qo‘l urgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda shtat jamoat xavfsizligi boshqarmasi vakili Friman Marvin ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Irqiy yoki diniy motivlar bo‘lmagan. Biz oilaviy mojarolar mavzusini tekshiryapmiz, bu oilaviy muammo”, — dedi Marvin.
Uning aytishicha, mergan Devin Kelli sobiq rafiqasining ota-onasiga tahdidli matnlar yo‘llagan. Ular va sobiq xotini mazkur cherkovga qatnab turgan, biroq fojia payti bu yerda bo‘lmagan.
AQSh HHKda xizmat qilgan Kelli 2014-yilda turmush o‘rtog‘i va bolasiga shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun tribunal oldida javob bergandi.
Izoh (0)