Rossiyada 2017-yilning uchinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mehnat bo‘yicha norozilik namoyishlari soni yil boshiga nisbatan qariyb uchdan ikki qismga ko‘paydi, deb yozadi “RBK”.
Birinchi chorakda 284 ta, ikkinchisida — 378 ta, uchinchisida esa — 445 ta norozilik aksiyalari qayd etildi. Bu haqda Iqtisodiy va siyosiy islohotlar markazi ma’ruzasida aytiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy aksiyalar orasida aldangan hissadorlar mitinglari eng yuqori o‘rinni egalladi (312 ta). Ikkinchi o‘rinda — siyosiy noroziliklar, shu jumladan, Aleksey Navalniy tarafdorlarining aksiyalari (106). Shuningdek, ekspertlar korxonalar ishchilarining mehnat nizolari, asosan, ish haqi to‘lanmaganligi bilan bog‘liq 27 ta norozilik namoyishlarini qayd etgan.
Izoh (0)