Qirg‘izistonning saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiya marosimiga xorijiy davlat rahbarlari taklif etilmaydi. Bu haqda prezident apparati rahbari Almaz Usenov ma’lum qildi, deya xabar beradi K-News.
Uning aytishicha, bunday qaror “dunyo amaliyotidan kelib chiqib” qabul qilindi. Marosimga Qirg‘izistondagi barcha chet el davlatlari elchilari taklif etiladi.
Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasi 24-noyabrga belgilangan. U 15-oktabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 54 foizdan oshiq ovoz to‘plab, g‘olib chiqdi.
Amaldagi prezident Almazbek Atambayevning vakolatlari 1-dekabrda oxiriga yetadi. 15-noyabr kuni uning yakuniy matbuot anjumani berishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)