Belgiya sudi Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemonni va provinsiyaning to‘rt nafar sobiq vazirlarini ozod qildi, deb yozadi Reuters.
Puchdemon va Kataloniya hukumati sobiq a’zolari Ispaniya tomonidan berilgan hibs uchun Yevropa orderini ijro etish haqida qaror chiqarilguniga qadar ozod qilindi. Sud o‘n soatdan ortiq davom etdi.
Kataloniya rahbari Karles Puchdemon Kataloniya hukumatining to‘rt nafar sobiq a’zosi bilan birga Belgiya politsiyasiga 5-noyabr kuni taslim bo‘lgan edi.
Izoh (0)