KXDR BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya to‘qimachilik mahsulotlarini sotib olishni taqiqlashni ko‘zda tutuvchi sanksiyalarini Rossiya bilan savdo operatsiyalari haqidagi hujjatlarni qalbakilashtirish hisobiga chetlab o‘tishga harakat qilmoqda. Bunday da’voni Kyodo agentligi o‘z manbalariga tayanib keltirdi, deb yozadi “TASS”.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan go‘yoki qalbakilashtirish bilan shug‘ullanib, hujjatlarni shunday qayta yozmoqdaki, mamlakatning Rossiya bilan bitimlari xuddi Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi bitimlarga o‘xshab ko‘rinyapti.
Kyodo agentligi qo‘lida naklodnoy hujjat bo‘lib, unga ko‘ra, shu yilning oktabrida teploxodda Vladivostokka KXDRdan Rossiya kompaniyasi uchun mo‘ljallangan 5 tonna to‘qimachilik mahsuloti keltirilgan.
Ammo kompaniya rahbari agentlik so‘roviga javoban Shimoliy Koreya mahsuloti importiga hech qanday aloqasi yo‘qligini, kompaniya nomidan firibgarlik maqsadlarida foydalanilganini aytgan.
Izoh (0)