Toshkentning Mirobod tumani Qo‘shko‘prik ko‘chasida 1-noyabr kuni “Qushtili” kompaniyasiga tegishli qandolat sexi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, yong‘in haqida 19:40 da xabar berilgan. Olov soat 20:28 da qurshab olingan, 20:56 da esa to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa joyida jami 10 ta yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari yetib kelgan.
Yong‘in oqibatida qandolat ishlab chiqarish sexining tom qismi 350 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. “Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi”, — deyiladi IIBB axborotida.
Ayni vaqtda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)