O‘zbekistonda mehnat staji va ijtimoiy sug‘urta badallari elektron hisobini yuritishga o‘tilishi munosabati bilan 2019-yil 1-yanvardan boshlab birinchi bor ishga joylashayotgan xodimlarga “qog‘oz” mehnat daftarchalari berilishi to‘xtatiladi. Bu haqda “Telegraf.uz” ma’lum qildi.
Elektron mehnat daftarchalari quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
Xodimning pasport ma’lumotlari;STIR (INN) va Shaxsiy jamg‘arma nafaqa hisob raqami (INPS);Tahsil to‘g‘risidagi ma’lumotlar;Ishga qabul va mehnat shartnomasi bekor qilingani sanalar (ish joyi va mutaxassisligini ko‘rsatgan holda).
Elektron mehnat daftarchasidagi yozuvlar mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga tenglashtiriladi.
Shu bilan birga, xodim iltimosiga ko‘ra uning “qog‘oz” mehnat daftarchasiga qaydlar 2021-yil 1-yanvargacha kiritib borilishi mumkin. Biroq shundan so‘ng ular xodimlarga saqlash uchun topshiriladi.
Izoh (0)