Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi Bikinsk tumanidagi taygadan bir necha kun avval bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“O‘rmonda yirtqich jonivor hujumiga uchragani aks etgan tana qoldiqlari topildi. Taxmin qilinishicha, erkakka yo‘lbars hujum qilgan”, —deyiladi xabarda.
Hozirda politsiya holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Yirtqich hayvonni otib o‘ldirish haqida qaror qabul qilinish mumkin.
“Jasad Boysovo qishlog‘idan topildi. Erkak kedr yong‘og‘ini terish uchun o‘rmonga ketgan va bedarak yo‘qolgan”,— deydi Bikinsk tumani rahbari.
Izoh (0)