Atmosferadagi karbonat angidrid gazi konsentratsiyasi 2016-yilda oldingi barcha rekordlarni ortda qoldirdi va 800 ming yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi, deb yozadi “Gazeta.uz” Jahon meteorologiya tashkiloti ma’ruzasiga tayanib.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, CO2 konsentratsiyasi o‘tgan yili 1 millionga 403,3 zarrani tashkil qilgan. 2015-yilda bu ko‘rsatkich bir millionga 400 zarra bo‘lgan. Bunday keskin o‘sishga El-Ninyo tabiiy fenomeni va odam faoliyati birgalikda sabab bo‘lgan.
“Atmosferaga ajralib chiqadigan ajralmalarni kamaytirishimiz kerak, chunki biz ajratadigan har bitta CO2 molekulasi saqlanib qoladi va to‘planadi. Ajralmalarni kamaytirib, tabiiy suv oqimlarini ko‘paytirishimiz kerak — bular biosfera va okean. Biosfera biz atmosferaga ajratib chiqaradigan CO2 ning taxminan 25 foizini olib ketadi”, — dedi tashkilot ekspert.
Izoh (0)