“Boko Haram” jangarilari 30-oktabr, dushanba kuni Nigeriya va Kamerunda uyushtirgan turkum teraktlar oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nigeriya shimoli-sharqidagi Mayduguri shahridan 15 kilometr uzoqlikdagi masjidda terrorchi o‘zining portlab yubordi. 5 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odam jarohatlandi.
Kamerun bilan chegaradagi Banki shahrida 4 kishi, jumladan, bir ayol va ikki bola avtomobilning minaga duch kelib portlashi qurboni bo‘ldi. Shuningdek, Kamerun shimolidagi Guderi qishlog‘ida jangarilar 11 kishini o‘ldirdi.
Kuch tizimi xodimlariga ko‘ra, ekstremistlar shu tariqa mintaqada sheriklari qamoqqa tashlangani uchun o‘ch oldi.
Izoh (0)