AQSh prezidenti Donald Tramp Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga BMT Bosh assambleyasi doirasida shaxsiy uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan, ammo u taklifni rad etgan, deb yozadi “Gazeta.ru” Eronning Fars agentligiga tayanib.
Bu haqda birinchi marta tahlilchi Mahdi Foziliy gapirib berdi.
“AQSh prezidenti Tramp prezident Ruhoniyni u sentabr oyida an’anaviy konferensiyada qatnashish uchun Nyu-Yorkka tashrif buyurgan paytda shaxsiy uchrashuvga taklif qildi, biroq prezidentimiz taklifni rad etdi”, — dedi tahlilchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham ikki davlat rahbarlari o‘rtasida vositachilik qilmoqchi bo‘lgan, ammo ularni uchrashtira olmagan.
Keyinroq ushbu axborotni Eron tashqi ishlar vazirligi tasdiqladi.
Izoh (0)